Jahon

AQSHning yana bir shtati Trampga saylovlarda qatnashishni taqiqladi

Tramp Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etib kelmoqda.

AQSHning yana bir shtati Trampga saylovlarda qatnashishni taqiqladi

 

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga Respublikachilar partiyasining Men shtatida bo‘lib o‘tadigan praymerizida prezidentlikka nomzodini qo‘yish taqiqlandi. Men shtati davlat kotibi Shanna Bellouz tomonidan qabul qilingan ushbu qaror 29 dekabr, juma kuni shtat davlat kotibi departamentining rasmiy saytida eʼlon qilindi.

 

Bellouz qarori AQSH Konstitutsiyasiga isyonda qatnashgan shaxslarning fuqarolik yoki harbiy davlat lavozimlarini egallashini taqiqlovchi 14-tuzatishiga asoslangan. Tramp o‘z tarafdorlarining 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishiga sabab bo‘lgan harakatlarini qo‘zg‘atganlikda ayblanmoqda.

 

Donald Tramp saylovoldi shtabi matbuot kotibi Stiven Chjan AQSH sobiq prezidenti tarafdorlari Bellouzning “dahshatli” qaroriga sudda eʼtiroz bildirishini aytgan. Avvalroq Tramp Bellouzdan uning praymerizlarini ko‘rib chiqishda qatnashmaslikni talab qilgandi, chunki u Demokratik partiyadan sobiq shtat senatori bo‘lgan va 2021 yil 6 yanvardagi voqealarni ochiqchasiga isyon deb atagan, bu esa uni, Oq uy sobiq rahbari fikricha, noxolis pozitsiyani egallashga undaydi.

 

Trampga qarshi xuddi shunday daʼvolar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.

 

Tramp Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etib keladi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"