Ukraina Rossiyaga javob qaytardi
Rossiyaning Belgograd shahri o‘qqa tutildi.

Ukraina Rossiyaning Belgorod shahrini o‘qqa tutdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Qayd etilishicha, shahar markazi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan hujumga uchragan. Bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri eng kuchlilaridan biri bo‘lgan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohatlangan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Belgoroddagi terakt ortida AQSH va Buyuk Britaniya turganini va ular Kiyevni terrorchilik harakatlariga undayotganini bildirdi.
Rossiya shaharning o‘qqa tutilishi munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.







