O'zbekiston

Xushxabar: Umra ziyorati narxlari arzonlashdi

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabar berdi.

Xushxabar: Umra ziyorati narxlari arzonlashdi

 

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yana-da yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida, Podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

 

Shu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yana-da arzonlashtirishga erishildi.

 

"2024-yil 10-yanvardan eʼtiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasining "Haj va Umra" markazida umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16 600 000 so‘m etib belgilandi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan umra xizmatlari har jihatdan qulay, arzon va xavfsizdir. Eng asosiysi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar, tunu kun shifokorlar xizmati, uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlangan hamda eng malakali imom-xatiblardan iborat ellikboshilar jalb etilgan. Shuningdek, Fatvo markazi ulamolari ishchi guruhi vakili sifatida sharʼiy masalalarga doimo yechim topib beradi", — deyiladi O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabarida.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"