G‘azodagi janglar yana bir yil davom etishi mumkin
Bu haqda Isroil mudofaa rasmiylari va sobiq yuqori martabali razvedka zobitlari aytmoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, Isroil mudofaa rasmiylari va sobiq yuqori martabali razvedka zobitlari G‘azoda janglar kamida yana bir yil davom etishini bildirishgan.
Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Xagarining maʼlum qilishicha, hozirda harbiy harakatlar davom etayotgan G‘azoning markazi va janubi jangarilar joylashgan yer osti tunnellari tarmog‘iga ega.
Xagarining aytishicha, hududni tozalash uchun uch oy vaqt ketadi, shuning uchun janglar 2024 yilda ham davom etadi.
Harbiy razvedkaning sobiq rahbari general-mayor Amos Yadlin ushbu harbiy harakatlarni 2017 yilda ISHIDga qarshi ko‘pmillatli koalitsiya boshchiligida to‘qqiz oy davom etgan kampaniyaga qiyosladi. Biroq, Yadlinning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi vaziyat ancha og‘ir, SAXALga HAMASni yo‘q qilish uchun kamida bir yil kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Tel-Avivdagi yuqori martabali zobitlarning bayonotlari AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Yaqin Sharqqa safari fonida qilingan edi. Blinkenning mintaqaga tashrifdan ko‘zlangan maqsadi mojaro yana-da avj olishining oldini olishdir.







