O'zbekiston

"Hello Tashkent" kanali adminlari qamaldi

Ularga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

"Hello Tashkent" kanali adminlari qamaldi

Avvalroq Telegramda “Hello Tashkent, salam Tashkent” nomli kanal hamda guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi videotasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlangandi. Oliy sud ularga nisbatan chiqarilgan sud hukmini eʼlon qildi.

 

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi J.Saidov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

 

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq, guruh aʼzolariga 3 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.