O'zbekiston

Buxoroda ishchi o‘zini otib qo‘ydi

U Talabalar turar joyi qozonxonasida ishlagan.

Buxoroda ishchi o‘zini otib qo‘ydi

Buxoro Davlat universiteti Talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi o‘zini otib qo‘ydi va voqea joyida vafot etdi.

 

Holat  joriy yilning 10 yanvar kuni soat 16:20 da Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, universitet yotoqxonasiga qarashli qozonxona  ishchisi, 33 yoshli fuqaro X.M. yotoqxonaga yaqin manzilda turgan o‘z avtomashinasiga o‘tirgan va yonida bo‘lgan pnevmatik qurolni qo‘liga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan. Oqibatda uzining chap ko‘krak qismi jarohatlangan.

 

X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam so‘rab borgan. Birinchi yordam ko‘rsatilgan, biroq qon yo‘qotishi oqibatida u vafot etgan.

 

Ayni paytda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

«Marhum fuqaro tomonidan pnevmatik qurolning qonuniy yoki noqonuniy saqlab kelingani holati ham o‘rganilmoqda», – deydi huquq-tartibot organi xodimi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Buxoroda ishchi o‘zini otib qo‘ydi | Zamon.uz