AQSHda havo shari qulab tushdi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

AQSHning Arizona shtatidagi Eloy shahrida havo shari qulab tushdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Yana biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, havo shari ertalab shahar yaqinidagi cho‘l hududiga qulagan. Unda besh kishi bor edi. Avariyadan faqat bittasi omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.
Hodisa sabablari hozircha nomaʼlum. Fojia joyiga Transport xavfsizligi milliy kengashi va AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







