Zelenskiy Shveysariyaga bordi
U Davos formida ishtirok etadi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Davos formida qatnashish uchun Shveysariyaga bordi.
"Men Shveysariyaga amaliy tashrif bilan keldim. Mamlakat rahbarlari bilan uchrashaman, Davos forumida qatnashaman. Bernda parlamentning ikkala palatasi rahbarlari, partiyalar va fraksiyalar rahbarlari hamda prezident xonim Viola Amherd bilan muzokaralar o‘tkazaman", — deb yozdi u.
"Shuningdek, men o‘g‘irlangan bolalarni qaytarish, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish mexanizmlarini izlash, sanksiyalar, gumanitar minalardan tozalash bo‘yicha hamkorlik, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tiklash haqida muloqot qilaman", — deya qo‘shimcha qildi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Davosda Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan "Yevroatlantika integratsiyasi dinamikasini qo‘llab-quvvatlash", shuningdek, davlat rahbarlari va yirik biznes vakillari bilan mudofaa va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.







