Bishkekda harbiy mashg‘ulot paytida vertolyot quladi
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bortdagi yana yetti kishi jarohatlangan.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib Kaktus.media maʼlum qildi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bugun, 17-yanvar kuni soat 11:00 lar atrofida Mi-8 harbiy vertolyoti "Frunze-1" hududidagi Do‘stuk mavzesi yaqinida qulagan.
Manbalarning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bortdagi yana yetti kishi jarohatlangan.
Voqea harbiy mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan.







