O'zbekiston

Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi e’lon qilindi

Saralash tadbirlari bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi e’lon qilindi

 

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi organlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi. Nizom Milliy gvardiya organlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.

 

Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari va tibbiy ko‘rik tashkil qilinadi.

 

Saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

a) dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, diktant, suhbat);

b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

v) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemosional barqarorligini baholash);

g) maxsus tekshiruv.

 

Milliy gvardiya uchun zarur hollarda quyidagi nomzodlar istisno tariqasida faqatgina tibbiy ko‘rik va saralashning maxsus tekshiruv bosqichidan o‘tkaziladi:

  • yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i asosida;

 

  • so‘nggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar;

 

  • tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar;

 

  • oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish uchun ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar.

 

Nomzodlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunda hamda prezident qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi lozim. Bunda, nomzod sifatida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ko‘rib chiqiladi.

 

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

 

  • erkak jinsidagi nomzodning bo‘yi – 178 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak;

  • ayol jinsidagi nomzodning bo‘yi – 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.

Nomzodning vazni O‘zbekiston qurolli kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi shart.

 

custom img

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni suvdan olib chiqdi.

custom img

Farg‘onada Turkiya qalbaki pasporti va “prava"sini tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Robaxon Mahmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda sud amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan Plenum qarorlari qabul qilindi.

custom img

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyati bojxonasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Bojxona tizimida yuqori natija ko'rsatgan bir guruh yosh xodimlar rag'batlantirildi.

custom img

O‘zbekistonliklarning aksariyati qayerda yashaydi? Dastlabki ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi

Xususiy uylar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan yashash turi bo‘lib qolmoqda.

custom img

Pedagog ayollar uchun voleybol musobaqasi: g‘olib jamoalarga “Damas” va millionlab mukofotlar

Pedagog ayollar o‘rtasidagi ilk respublika voleybol musobaqasi final bosqichi Namangan shahrida davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"