Shvarsenegger Myunxen aeroportida hibsga olindi
U Butunjahon iqlim sammitiga ketayotgan bo‘lgan.

Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger Myunxen aeroportida hibsga olindi. Uning mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan qimmat soati bojxonachilarning eʼtiborini tortgan.
Aktyor Butunjahon iqlim sammiti tadbiriga ketayotgan edi. U sammitga safari davomida Shveysariya kompaniyasining qimmatbaho zargarlik buyumini kimoshdi savdosiga qo‘yishni rejalashtirgan.
Aeroport xodimlari Shvarseneggerdan sumkalarini ochishni so‘ragan va keyin uni hibsga olgan. Aktyorga soatni mamlakatga olib kirishga ruxsat berilishi nomaʼlumligicha qolmoqda.
“Biz Arnold Shvartseneggerni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilib tergov qilyapmiz. U soatni deklaratsiya qilishi kerak edi», — deydi Myunxen bosh bojxona boshqarmasi vakili Tomas Mayster.







