Cherchilning tish protezlari sotuvga qo‘yildi
U g'ayritabiiy buyum deya baholanmoqda.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning protezlari Angliyaning Cheltenxem shahrida kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Aynan shu erda u Ikkinchi Jahon urushi paytida "Biz plyajlarda jang qilamiz" degandi.
"Cherchill protezlari biz sotgan eng g‘ayrioddiy buyumlardan biri bo‘lsa kerak", dedi auksion uyi rahbari.
Siyosatchining protezlari mutaxassislar tomonidan besh-sakkiz ming funt sterling atrofida baholanmoqda. Tadbir joriy yilning 6 fevraliga rejalashtirilgan.
Protezdan tashqari, Cherchill Ikkinchi jahon urushi tugaganini eʼlon qilgan mikrofon ham sotuvga qo‘yilgan. Uning dastlabki narxi: besh-sakkiz ming funt.







