12 yoshli bola Afrikadagi eng baland cho‘qqiga chiqdi
U buni bolaligidan orzu qilgan.

Marokashlik 12 yoshli Yusuf at-Tazi Afrika qitʼasidagi eng baland Kilimanjaro tog‘ining cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U Tanzaniyada dengiz sathidan 5 ming 895 metr balandlikda joylashgan.
Tazi cho‘qqiga o‘zi bilan birga Marokash bayrog‘ini olib chiqqan va u yerdan turib nutq so‘zlagan. U Kilimanjaro cho‘qqisiga chiqish uchun qancha soat sarflaganiga aniqlik kiritmagan.
“Bolaligimdan beri mening ishtiyoqim va baland tog‘larni zabt etishga bo‘lgan maqsadim oilamning barcha aʼzolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan”, deydi bolakay.







