Germaniya osmoniga asteroid quladi
Uning diametri taxminan 1 metr bo‘lgan.

Berlin osmoniga kichik asteroid quladi. Voqea 20 yanvardan 21 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Koinot jismini Leyptsig va Praga aholisi ham kuzatgan. NASA maʼlumotlariga ko‘ra, asteroid Brandenburg federal shtatidagi Nenxauzen mahallasiga qulashi kerak edi.
Potensial zarar haqida xabar berilmagan. Diametri taxminan 1 metr bo‘lgan ushbu asteroid atmosferaga urilib, yonib ketgan va odamlarga xavf tug‘dirmagan.







