Turkiyada ikki qo‘shni shovqin sabab mushtlashib ketdi
Janjal paytida 4 kishi pichoqlangan.

Turkiya poytaxti Anqara shahrida ikki qo‘shni shovqin sabab janjallashib, bir-birini jarohatladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa Erdog‘an ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yuz bergan. Ikki oila o‘rtasida shovqin bo‘layotgani sabab janjal chiqqan.
Mushtlashuvda 4 kishi pichoqlangan. Yaralanganlar tibbiy guruhlar tomonidan shahardagi shifoxonalarga olib ketildi.
Hozirda voqea yuzasidan 1 nafar gumondor qo‘lga olindi.







