O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Turkiyada yig‘in o‘tkazadi
Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 16-fevralga qadar davom etadi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi Osiyo va Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xalqaro o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketdi.
Turkiyaning Kyoyjegiz shahrida bo‘ladigan ushbu yig‘inga 9 ta sportchi va 3 ta trener jalb etilgan. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 16 fevralga qadar davom etadi.







