Nodirbek Abdusattorov so‘nggi tur oldidan mag‘lub bo‘ldi
Musobaqa Niderlandiyada bo‘lib o‘tmoqda.

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2024» turniri o‘zining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘n ikkinchi tur oldidan yaqqol peshqadam bo‘lib turgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vidit Gujratiga qarshi dona surib, yutqazib qo‘ydi.
Vidit ochkolari sonini 7,5 taga yetkazib, musobaqa peshqadamiga aylanib olgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov shuncha ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga tushib qoldi.
Oxirgi turda hamyurtimiz oq donalarda Aleksandr Donchenko bilan kuch sinashadi.







