Endi WhatsAppʼdan boshqa messenjerlarga yozish mumkin
Hozirda ilovaga yangi bo‘lim qo‘shilmoqda.

WhatsApp ishlab chiquvchilari foydalanuvchilarga boshqa messenjerlarga xabar yuborish imkonini beruvchi yangilanishni sinovdan o‘tkazmoqda.
Endi “Xabarlar” qismida yangi bo‘lim ochiladi. U yerda boshqa messenjerlardagi yozishmalar turadi. Foydalanuvchilar bu xizmatdan o‘zlari xohlagan paytda foydalanishlari mumkin. Shuningdek, mazkur funksiya avtomatik emas. Bu ushbu funksiyani xohlagan paytda o‘chirib qo‘yish mumkin degani.
Uyg‘unlashgan tizimlarda o‘zaro almashgan xabarlar maxsus himoya tizimi orqali shifrlanadi. Bu foydalanuvchilarga himoyani taʼminlaydi. Hozircha WhatsApp bilan faqatgina Signal ilovasi ushbu tizimda ishlamoqda. Keyinchalik Telegram, Facebook va Instagramda ham qo‘llaniladi.







