Narxni “shishirish”, "obnal" va “o‘g‘irlik” — Mirziyoyev qurulishdagi qing‘ir ishlardan xabardorligini aytdi
2023-yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik keraksiz xarajatlarning oldi olingan.

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Yig‘ilishda Prezident loyiha tashkilotlari obyekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etdi.
Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olingan.
Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.
Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, “yashirin” qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.
Hokim va prokurorlar vaziyatga eʼtiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qatʼiy javobgarligi belgilandi.







