Samarqandda voyaga yetmagan bolasiga mashina boshqaruvini topshirgan ayolga chora ko‘rildi
Ushbu holat kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi ayolga voyaga yetmagan bolasiga mashina boshqaruvini topshirgani uchun chora ko‘rildi.
Ayolning voyaga yetmagan o‘g‘liga mashina boshqaruvini bergani kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

IIB YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzarlar va transport vositasi tezda topilgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati tomonidan tasvirga olingan videoda ayol va uning o‘g‘li o‘z qilmishlaridan pushaymonliklarini bildirishgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan ayolga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma to‘ldirilgan.







