Qozog‘istonda 26 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — foto
Hodisaga yer muzlashi, ko‘rish imkoniyati cheklanishi va qor bo‘roni sabab bo‘lgan.


Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lining 567-kilometrida 26 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.

To‘qnashib ketgan avtomobillardan 4 tasi yo‘lovchi avtobusi, 4 tasi yuk mashinasi va 18 tasi yengil avtomobil.

Xabarda keltirilishicha, hodisaga yer muzlashi, ko‘rish imkoniyati cheklanishi va qor bo‘roni sabab bo‘lgan.

“Avariya” oqibatida 26 nafar fuqaro kasalxonaga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafari reanimatsiyada.

Halok bo‘lganlar yo‘q. 39 nafar fuqaro esa xavsiz joyga olib ketilgan.








