Sobiq “vagnerchilar” “Afrika Korpusi”ga qo‘shildi
"Afrika Korpusi" “Vagner” o‘rnini egallashga intilayotgan yangi tashkilot hisoblanadi.

"Afrika Korpusi" “Vagner” o‘rnini egallashga intilayotgan yangi tashkilot bo‘lib, Afrika mamlakatlari rahbarlariga pul evaziga yoki ushbu mamlakatlarda mineral resurslarni o‘zlashtirish huquqi evaziga o‘z xizmatlarini taklif qiladi.
Cobiq “vagnerchilar” tinch hayotga qaytishni istamay, ushbu qurolli tuzilmaga qo‘shilmoqda.
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv fonida sobiq “Vagner” Liviya va Sudan, shuningdek, Afrikaning boshqa bir qancha mamlakatlarida o‘z ishtirokini kuchaytirmoqda.
Moskvaning Afrikadagi manfaatlarini ilgari surishda hozirda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov va GRU general-mayori Andrey Averyanov asosiy rol o‘ynaydi.







