Qutqaruvchilar izsiz g‘oyib bo‘lgan Rossiya Mudofaa vazirligining Mi-8 vertolyoti parchalarini topdi
Suv ostidan ekipaj aʼzolaridan birining jasadi chiqarib olingan.

Qutqaruvchilar Kareliyadagi Onega ko‘li tubidan bir kun avval o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida halokatga uchragan Rossiya Mudofaa vazirligining Mi-8 vertolyoti ekipaj aʼzolaridan birining jasadini topdi.
“Moskva vaqti bilan soat 21:16 da g‘avvoslar halok bo‘lgan ekipajdan bittasini suvdan chiqarib olishdi. U vertolyot ichidan topildi”, — deyiladi “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi xabarda.
Yana ikki ekipaj aʼzosi hali topilmadi. G‘avvoslar Moskva vaqti bilan soat 00:00gacha ishlashda davom etadi, shundan so‘ng ular masofadan boshqariladigan robot yordamida ko‘l tubini tekshiradi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shimoli-G‘arbiy aviatsiya-qutqaruv markazining Mi-8 vertolyoti 4 fevral kuni Kareliyadagi Onega ko‘li ustida o‘quv parvozini amalga oshirayotganda ekipajning uch aʼzosi bilan aloqani uzilganini maʼlum qildi. Vertolyotning qoldiqlari qirg‘oqdan 11 km uzoqlikda, uning qismlari esa 40-50 m chuqurlikdagi ko‘l tubidan topilgan.
Avvalroq Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Mi-8 vertolyoti g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergandik.







