0

5 ta xususiy OTM faoliyati toʻxtatilishi aytilmoqda

Talabalar o'qishini boshqa joyga ko'chirishiga ruxsat beriladi.

5 ta xususiy OTM faoliyati toʻxtatilishi aytilmoqda

 

Maʼlum boʻlishicha, Oliy taʼlim vazirligi 5 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish boʻyicha sudga ariza bergan.

 

Qonunchilikka koʻra, litsenziyasi tugatilayotgan nodavlat OTM talabalariga oʻqishini boshqa joyga koʻchirishga ruxsat beriladi. Biroq, bu paytda oʻqishni koʻchirishga ariza berish muddati tugagan boʻlsa-chi? Talaba nima qiladi?

 

Ma'lum bo'lishicha, vazirlik holatga izoh berolmasligini bildirgan.

 

“Modomiki, litsenziya beruvchi va uni bekor qilish boʻyicha sudga ariza kirituvchi tashkilot vazirlik ekan, bu savolga vazirlikdan tashqari kim javob beradi? Axir talaba vazirlik bergan litsenziyaga ishonib, oʻqishga kirgan”, – deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

5 ta xususiy OTM faoliyati toʻxtatilishi aytilmoqda