Falastinlik bolalar Italiyada davolanishadi
Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi maʼlum qildi.

Isroil tomonidan harbiy harakatlar olib borilayotgan G‘azo sektoridan evakuatsiya qilingan o‘n nafar bola va ularning vasiylari Italiyaga olib ketilmoqda. Xabar berilishicha, ular Rimdagi shifoxonalarda davolanishadi.
Bundan avval esa falastinliklar Misrdagi Italiya kasalxonasida dastlabki muolajalarni olishdi.
"Bu odamlar Rimda xalqaro himoya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular o‘z xohishlariga qarab ortlariga qaytishlari yoki Italiyada qolishlari mumkin”, — deydi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.







