Fransiyadagi AESda yong‘in yuz berdi
Hodisa jumadan shanbaga o‘tar kechasi yuz berdi.

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Fransiyaning markaziy qismidagi Chinon atom elektr stansiyasida shanbaga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lgan, ikkita energoblokning ishlashi keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatilgan.
Yong‘in 3-energoblokda sodir bo‘lgan, u yerda nomaʼlum sabablarga ko‘ra asosiy transformator yonib ketgan va yong‘inni o‘chirish tizimi ishga tushgan. Stansiya rahbariyatining maʼlum qilishicha, yong‘in o‘chirilgan, aholi va atrof-muhit uchun hech qanday xavf yo‘q, chunki yong‘in “yadroviy zonadan tashqarida” sodir bo‘lgan.







