Ukraina harbiy blokida kadrlar almashinuvi davom etmoqda
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ortidan Bosh shtab boshlig‘i almashtirildi.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ortidan Bosh shtab boshlig‘i almashtirildi.
Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Sergey Shaptala vazifasidan ozod qilinganini ma’lum qildi. General-mayor Anatoliy Bargilevich Bosh shtabning yangi rahbari etib tayinlandi.
Sirskiyning o‘rniga mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Pavlyuk Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni bo‘ladi, deya xabar bermoqda Ukraina OAV manbalariga tayangan holda.







