Namanganda bodom gullashni boshladi
Fevral boshidagi issiqlik ularda bahoriy uyg‘onish davrni tezlashtirib yuborgan.

Namangan shahrida bodom daraxtlari kurtagida bo‘rtib chiqish va asta gullash hodisalari kuzatilmoqda.
Joriy iliq qish shimol va vodiy viloyatlaridagi daraxt tanalari va fiziologiyasida turli iqlim stresslari qabul qilinishini cheklab turgandi.
Vodiy markazida dekabrdagi tinimsiz uzoq davom etgan tumanli kunlar daraxtlarda qishgi uyqu davr uzoqroq davom etganini taʼminlagan bo‘lsa, ammo yanvar va fevral boshidagi issiqlik ularda bahoriy uyg‘onish davrni tezlashtirib yubordi.
Shimolda esa tunlari -10 darajali sovuq kunlarning ko‘proq bo‘lishi hozircha u yerlarda vaziyat biroz barqaror ekanini anglatadi.







