Turkiyada 44 nafar noqonuniy muhojir qutqarib olindi
Ularning qayig'ida nosozlik yuz bergan.

Turkiya g‘arbidagi Izmir viloyatining Dikili tumani qirg‘oqlarida 44 nafar noqonuniy muhojir qutqarib olindi. Bu haqda Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Muhojirlar qarama-qarshi qirg‘oqqa chiqish uchun foydalanayotgan puflama qayiq dvigatelidagi nosozlik tufayli qirg‘oqdan yordam so‘ragan.
Qutqarilgan muhojirlar Izmir viloyati migratsiya boshqarmasiga olib ketildi.







