O'zbekiston

Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga pasaytiriladi

Shuningdek, yonilg‘i o‘z vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash uchun yangicha tartib o‘rnatiladi.

Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga pasaytiriladi

 

“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov AJ dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirmoqchi ekanini maʼlum qildi.

 

Bu bo‘yicha 1- fevral kuni prezident raisligida o‘tgan videoselektr yig‘ilishida topshiriq berilgan.

 

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” oldida 2024 yilda 680 ming tonna dizelni arzonlashtirilgan narxda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish vazifasi turganini taʼkidladi. Uning aytishicha, “O‘zbekneftgaz” tomonidan ushbu vazifa ijrosi taʼminlanadi.

 

"Biz 2024 yilda 2023 yilga nisbatan qo‘shimcha 200 ming tonna dizel yonilg‘isini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Dizel yetkazib berish bo‘yicha miqdor jihatidan hech qanday masala bo‘lmaydi. Yana bir topshiriq dizel yonilg‘isini arzonlashtirilgan narxda yetkazib berish bo‘yicha bo‘ldi. Biz bir hafta davomida barcha hisob-kitoblarimizni yakunlab, dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘ryapmiz", — dedi Sidiqov.

 

Qayd etilishicha, ushbu dizelning sifatli bo‘lishini, o‘z vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash uchun yangicha tartib o‘rnatiladi. Yangicha tartib orqali hududlar kesimida “O‘zbekneftgaz”ning markaziy apparati va neft bazalari, bundan tashqari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi masʼullarning alohida vazifalari belgilab beriladi.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.