Iqtisodiyot

Ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berildi

16 fevraldan O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib keladi.

Ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berildi

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan qanday asrash kerakligi haqida maslahatlar berdi.

 

Yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrashda quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

 

— O‘rab qo‘yish. Daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish zarur. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;

— Ozuqa moddalari bilan sug‘orish. Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish kerak. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq bo‘ladi;

 

— Mulchalash. Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;

 

— Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash. Qor og‘irligi ostida baʼzi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish kerak;

 

— Shamoldan himoya qilish. Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish zarur. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.

 

Shuningdek, sug‘orish imkoniyati bor xududlarga g‘allani sharbat bilan sug‘orish tavsiya etiladi. Gektariga 150 - 200 kg.dan ammiakli selitra yoki sulfat ammoniy o‘g‘itidan berilishi ham g‘alla maysalarning o‘sish va rivojlanishini tezlatib, ildiz tizimini yaxshi rivojlantiradi va sovuq xaroratdan ximoya qiladi. 

 

Bundan tashqari, qisqa muddatli sovuq kunlar bo‘lib o‘tgandan so‘ng sabzavot ekinlarini “stres” va “shok” xolatdan olib chiqish uchun quyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish foyda beradi: 

 

— O‘simlikni qo‘shimcha oziqlantirishga katta eʼtibor qaratish lozim, bunda turli mikroelement, aminokislotalarga boy preparatlar (Viusid, Biotrac singari tarkibida bor elementi mavjud bo‘lgan oziqalar) bilan bargidan oziqlantirish samarali; 

 

— O‘simlikni o‘sish va rivojlanish jarayonini tezlashtirish maqsadida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish zarur, bunda tez taʼsir etuvchi (sulfat ammoniya) mineral o‘g‘itlardan foydalanilish zarur;

 

— Havo xarorti o‘simlik uchun past bo‘lsa, egat ustini simbag‘az usulida shaffof plenka bilan vaqtnicha yopib turish maqsadga muvofiq;

 

— Barcha agrotexnik tadbirlarini intensiv usulda, qisqa muddatlarda amalga oshirish zarur, tuproq namligini saqlab turish uchun sug‘orish kerak.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga; 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi hamda havo harorati kechalari –8 darajagacha pasayadi

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"