Jahon

AQShning eng boy universiteti qaysi?

Mamlakatning 688 ta kollej va universitetlari o'rtasidagi reyting natijalari ochiqlandi.

AQShning eng boy universiteti qaysi?

 

Garvard universiteti National Association of College and University Business Officers hamda Commonfund Institute tomonidan tuzilgan AQSHning eng boy universitetlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, Garvardning jamg‘arma fondi deyarli 49,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

 

Ikkinchi o‘rinda, bir oz ortda qolish bilan, qariyb 45 milliard dollar jamg‘armasi bilan Texas universiteti turibdi. Ta’kidlanishicha, Garvardda Texas universitetidan taxminan 10 barobar kam talabalar bor.

 

Eng boy ta’lim muassasalari beshligiga Yel (40,7 milliard dollar), Stenford (36,5 milliard dollar) va Prinston (34,1 milliard dollar) universitetlari ham kirdi. Ushbu reyting 1974 yildan beri har yili tuziladi, deb yozadi jurnal. Hammasi bo‘lib, reyting AQSHning 688 ta kollej va universitetini o‘z ichiga oladi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"