Sport

“Oltin butsa” uchun kurashda Keyn yaqqol peshqadam

Ingliz futbolchisini kim ortda qoldirishi mumkin.

“Oltin butsa” uchun kurashda Keyn yaqqol peshqadam

 

“Oltin butsa” futboldagi kam sonli mukofotlardan biri bo‘lib, hanuzgacha obyektivligicha qolmoqda. Bu eng mashhur futbolchiga emas, UEFAga aʼzo mamlakatlarning eng yaxshi to‘purariga berilgani uchun. Mezonlar iloji boricha aniq va tushunarli: faqat milliy chempionatlarda bir mavsum davomida kiritilgan gollar va turnirning reyting koeffitsiyenti hisobga olinadi.

 

Ilgari, 1996/1997 yilgi mavsum oldidan ballarni hisoblash tizimi boshqacha edi - har bir gol uchun reytingning barcha ishtirokchilari bir ochko bilan taqdirlanardi. Ammo, keyin gol urish usuli o‘zgartirilib, chempionat qiyinligining yana bir omili qo‘shildi, chunki Premyer-ligada 20 ta gol urish oson emas.

 

2019/2020 yilgi mavsumdan boshlab yana bir qoida qo‘shildi: agar ikki yoki undan ortiq o‘yinchi mavsumni bir xil miqdordagi ochko bilan yakunlasa, u holda maydonda eng kam vaqt o‘tkazgan futbolchi mukofot oladi.

 

Joriy mavsum reytingi qanday ko‘rinishga ega?

 

Harri Keyn «Bavariya» safida 24 ta gol bilan birinchi o‘rinda. U 48 ochkoga ega. Keyingi o‘rinda sakkiz ochko farqi bilan Kilian Mbappe turibdi. Fransiyalik futbolchi Liga 1da «PSJ» safida 20 ta gol urdi.

 

Lautaro Martines Mbappedan atigi ikki ochko ortda qolmoqda (19 gol), uning yonida esa shtutgartlik Seru Guyrassi bormoqda. Ammo, jarohati tufayli yaxshi holatini o‘tkazib yuborgan Holand joriy mavsumda 16 ta gol bilan atigi beshinchi o‘rinda bormoqda. Uning yonida bir xil gollar soni bilan Jud Bellingham bor.(ikkalasida ham 32 ochko ). Ularga Keynga yetib olish oson bo‘lmaydi. Bu mavsumda ingliz futbolchisiga shunchaki yetib bo‘lmaydi.

 

"Oltin to‘p"ga daʼvogarlar allaqachon aniq bo‘lgan. Hozirda eng yaxshi 10 talik qanday ko‘rinishga ega:

 

Harri Keyn («Bavariya») – 48 ochko (24 gol);

 

Kilian Mbappe  («PSJ») - 40 ochko (20 gol);

 

Lautaro Martines («Inter») – 38 ochko (19 gol);

 

Seru Girassi («Shtutgart») - 34 ochko (17 gol);

 

Erling Holand  (“Manchester Siti”) – 32 ochko (16 gol);

 

Jude Bellingham ("Real Madrid")- 32 ochko (16 gol);

 

Lua Openda ("RB Leypsig") - 30 ochko (15 gol);

 

Borxa Mayoral («Xetafe») – 30 ochko (15 gol);

 

Artyom Dovbik («Jirona») – 28 ochko (14 gol);

 

Muhammad Saloh («Liverpul») – 28 ochko (14 gol).

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Oltin butsa” uchun kurashda Keyn yaqqol peshqadam | Zamon.uz