Chexiya Ukrainaga 800 ming snaryad yetkazib bermoqchi
Petr Pavel bu bo‘yicha hamkor izlamoqda.

Chexiya butun dunyo bo‘ylab snaryadlarni qidirmoqda va NATO ittifoqchilari bilan Ukraina Qurolli kuchlariga snaryadlarni yetkazib berish uchun olish ustida ishlamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Petr Pavel maʼlum qildi.
"Hozir biz yarim million 155 mm o‘lchamdagi snaryadlar va 300 000 122 mm o‘lchamdagi snaryadlarni topdik, agar buning uchun mablag‘ topsak, bir necha hafta ichida ularni Ukrainaga yetkazib berishimiz mumkin. Biz bu yordam uchun AQSH, Germaniya, Shvetsiya va boshqalardagi hamkorlarga murojaat qilamiz", — degan u.
Maʼlumot uchun, Ukraina Qurolli Kuchlari so‘nggi paytlarda snaryad tanqisligini boshdan kechirmoqda.







