O'zbekiston

Toshkentda kuchli qor yog‘ishi kutilyapti

Yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik meʼyordan oshadi.

Toshkentda kuchli qor yog‘ishi kutilyapti

 

Toshkentda bugun, 18 fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati maʼlum qildi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik meʼyordan oshadi.

 

Shahar maʼmuriyati zaruratsiz uydan chiqmaslikni, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilishni va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilgan.

 

Taʼkidlanishicha, qor yog‘ishi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun hokimlik xizmatlari, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar shay holatga keltirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"