Avdeyevkani egallashda 17 ming rus askari halok bo‘ldi
Bundan tashqari, 30 ming askar jarohatlangan.

Avdeyevkani egallash paytida 17 ming rus askari halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari "Tavriya" operativ-strategik qo‘shinlari guruhi vakili Dmitriy Lixovoy BBCga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Lixovoyning so‘zlariga ko‘ra, Avdeyevkadagi janglar chog‘ida Rossiya armiyasining tahminan 30 ming askari jarohatlangan, 17 ming nafari o‘ldirilgan.
Rossiya 2022 yil sentyabr oyidan beri urushdagi yo‘qotishlari haqida rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qilmadi.
Ukraina ham Rossiya bosqini boshlanganidan beri halok bo‘lgan harbiylari sonini eʼlon qilmagan.







