Afg‘onistonda ko‘chki sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi Afg‘oniston sharqidagi Nuriston viloyatida ko‘chki sodir bo‘ldi. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Falokatga uzoq vaqt davomida yog‘gan qor sabab bo‘lishi mumkin. 25 ga yaqin uy yashashga yaroqsiz holatga kelib qolgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.







