Amerikalik o‘quvchi 45 ta sviter kiyib, jahon rekordini o‘rnatdi
Uning onasi ham rekordchi hisoblanadi.

Amerikalik maktab o‘quvchisi bir vaqtning o‘zida 45 ta sviter kiyib, jahon rekordini yangiladi. Videoni uning o'zi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
Sofiya muvaffaqiyatining siri shundaki, u turli xil o'chamdagi kiyimlar kiygan. Ilgari fransiyalik maktab o‘quvchisi 40 ta kozok kiyishga muvaffaq bo‘lgandi.
Sofiya oiladagi birinchi jahon rekordchisi emas. Uning onasi eng uzun to'qish marafonida rekord o'rnatgan.







