O'zbekiston

Bugun Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tashrif sababini maʼlum qildi.

Bugun Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.

 

Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Taʼkidlash joizki, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21 fevral – 3 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning anʼanaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir.

 

Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.