O'zbekiston

Andijonda 21 yoshli kelin o'zini osib qo'ydi

Yosh oilaning bir nafar farzandi ham bo‘lgan.

Andijonda 21 yoshli kelin o'zini osib qo'ydi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelinning o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

 

Surishtiruv o‘tkazgan blogerning ma’lum qilishicha, marhumaning o‘z joniga qasd qilgan, deya yopib yuborilgan jinoyat ishi qaytadan ochilgan. Kelinchakning turmush o‘rtog‘i sudga ayblanuvchi deya jalb qilingan. Ammo marhumaning onasi qizining o‘limiga oilaning boshqa a’zolari ham aloqadorligini davo qilib, suddan adolatni talab qilgan.

 

“Qizimning murdasi uchun ham korrupsiya aralashyapti. Qizimni ular urib, molxonaga qo‘yib qo‘yishgan. Biz borganimizda ular qizimni o‘zini osib qo‘yganini aytishdi. Lekin shifokor qizimdagi jarohatlarni o‘lishidan oldin bo‘lgan deb ko‘rsatma berdi. Hattoki yo‘q odamlar ham sudda ko‘rsatma beryapti. Men yozib bergan qog‘ozni "militsiya" yo‘q qilib yuborayapti. Mening qizim qachon tirilib keladi, ular qamoqdan chiqadi", - deydi marhumaning onasi.

 

Andijon viloyati sudlarining xabar qilishicha,  holat yuzasidan dastlabki sud majlisi joriy yilning 26-dekabr kuni boshlangan.

 

JIB Oltinko‘l tumani sudiga JK 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi «a» bandi bilan sudlanuvchi O.N.ga oid ish kelib tushgan.

 

Joriy yilning 20-fevral kuni mazkur sud ishi JIB Oltinko‘l tuman sudi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, O.N. JKning 109-moddasi 2-qismi va 103-moddasi 2-qismi ”a” bandi bilan aybli deb topildi. Unga ko‘ra, O.N.ga tayinlangan jazolarni JKning 59-moddasi tartibida qisman qo‘shib o‘tash uchun uzil-kesil 9 (to‘qqiz) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

custom img

Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi

Olimlar Jizzaxdagi podstansiyada tadqiqot o‘tkazdi.

custom img

Birinchi qoidabuzarlik uchun tadbirkorga ogohlantirish beriladi

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, boshqa shaxslarning mol-mulkiga zarar yetmagan taqdirda, darhol jarima qo‘llanmaydi. Tadbirkorga kamchilikni bartaraf etishga 10 kun beriladi.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari hamkorlikni kengaytiradi

Balikesirda o‘tkazilgan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekiston va Turkiya media tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

custom img

O‘zbekiston oliygohlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi

Grantlar bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qamrab oladi.

custom img

Toshkentda perforator va benzopila ichiga yashirilgan narkotiklar aniqlandi

Narkotiklar Rossiyadan pochta orqali yuborilgani aniqlangan.

custom img

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,8 foizga oshdi

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida 54,3 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

custom img

Andijonda 11 kilogrammdan ortiq marixuana sotayotgan shaxs ushlandi

U giyohvandlik moddasini internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham sotishga uringan.

custom img

Endi uy-joyni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?

Adliya vazirligi tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"