O'zbekiston

Qashqadaryoda fuqaroni OTMga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryoda fuqaroni OTMga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

 

Qashqadaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratra huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro X.N. fuqaro G.Q.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qarshi shahridagi “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” nodavlat oliy taʼlim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"