Ispaniyada yirik yong‘in yuz berdi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Ispaniyaning Valensiya shahridagi 14 qavatli turar-joy binosida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi bedarak yo‘qoldi. Hozirda yong‘inni o‘chirish va qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, binoda 138 ta xonadon bo‘lib, ularda 450 kishi istiqomat qiladi.
Mahalliy OAVda bu yong‘in shahar tarixidagi eng yirik yong‘in deya taʼriflangan. Rasmiylar uch kunlik motam eʼlon qildi.







