O'zbekiston

Farg‘onada kuyov kelinni aldab, to‘y kuni qochib ketdi

U, shuningdek, kelinni ancha pulga chuv tushirgan.

Farg‘onada kuyov kelinni aldab, to‘y kuni qochib ketdi

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, kelin-kuyov televizordagi reklama ortidan tanishib qoladi. Shundan so‘ng Toshkentda yashovchi kuyov Marg‘ilonga kelib, kelinni turli yo‘llar bilan aldab, undan pul undiradi.

 

D.Safarova uni izlab kelgan K.Shuhratovni ko‘rgach, go‘yoki "bir necha yildan buyon o‘zi kutgan insonni uchratgandek bo‘ladi". Yigitning barcha talablarini hech shubhalanmay bajaradi. Jumladan, K.Shuhratov unga uylanish maqsadida "uyini taʼmirlash uchun" pul so‘raganda, to‘plab yurgan barcha pullarini beradi. Yigit uni deb tayyor ishini tashlab kelganini aytadi, kelgusida taksichi bo‘lib ishlashi uchun mashina sotib olishga yordam so‘raganda, hech ikkilanmay ota-onasidan pul olib beradi.

 

K.Shuhratov D.Safarova to‘ygacha nikohdan o‘tib, yashab turish taklifini beradi. So‘ng, D.Safarova nikoh o‘qitib o‘z uyidan K.Shuhratovga joy beradi. Ro‘zg‘or xarajatlarini barchasini D.Safarovaning o‘zi ko‘taradi.

 

D.Safarovaning ota-onasi va aka-ukalari “kuyovdan” to‘y qilishni, nikohni el-yurtga oshkor qilishni so‘ray boshlaydi. K.Shuhratov Farg‘ona shahridagi to‘yxonada dabdabali to‘y qilishiga D.Safarova va uning yaqinlarini ishontirib, to‘y kunini belgilaydi. Hatto taklifnomalarni D.Safarovaning yaqinlariga tarqatib, hammani to‘yga taklif etadi.

 

Maʼlum bo‘lishichaa, K.Shuhratov oilali, ikki nafar farzandi bor ekan. Ularga ishlab, pul topib kelishini aytib, uyidan chiqib ketgan.

 

Sud hukmi bilan firibgar K.Shuhratov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.