Kanada ham Rossiyaga sanksiya kiritdi
Ro‘yxatda 10 kishi va 153 kompaniya bor.

Kanada Yevropa Ittifoqi va AQSHdan keyin Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi.
Kanada sanksiyalari ro‘yxatiga 10 kishi, shuningdek, 153 ta kompaniya va tuzilmalar kiritilgan. "Almaz-Antey" konserni, "Patriot" harbiy-vatanparvarlik parki, DOSAAF, Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti Filatov va boshqalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, mamlakat qurol ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni ham taqiqlagan.







