Jahon

Makron Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi

Uning fikricha, Rossiya yangi hujumlar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin.

Makron Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi.

 

"Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak. Shuning uchun Ukraina tarafdorlari Kiyevga yordam berish masalasida birgalikda harakat qilishlari kerak. Biz bugun va ertaga xavfsizligimizni taʼminlash jarayonidamiz", — deya taʼkidladi Makron Parijda o‘tkazilgan Ukrainaga yordam berish bo‘yicha konferensiyadagi nutqida.

 

Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasi yangi hujumlar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasi G‘arb davlatlarining Parijdagi yig‘ilishida muhokama qilingan, ammo kelishuvga erishilmagan.

 

Fransiya prezidenti tashabbusi bilan Yelisey saroyida Yevropaning 20 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Germaniya kansleri, AQSH va Kanada vakillari yig‘ildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur konferensiyada onlayn shaklda ishtirok etdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Makron Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi | Zamon.uz