NATO Polshada harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Unda 20 mingga yaqin askar ishtirok etmoqda.

Polshada NATOning mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, NATOning Dragon-2024 o‘quv mashg‘ulotlari 25 fevral kuni boshlangan. Ularda Polsha va alyansning boshqa davlatlaridan 20 mingga yaqin askar va 3,5 ming texnika qatnashmoqda.
Harbiylarning tushuntirishicha, mashg‘ulotlarning maqsadi Polsha qurolli kuchlarining potensial ko‘p qirrali qurolli inqirozga javob berish qobiliyatini sinab ko‘rishdir.







