Jahon

Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda namoyish etilgani maʼlum qilindi

Tomoshabinlar esa 750 million kishidan oshgan.

Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda namoyish etilgani maʼlum qilindi



Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuhan Mumju Germaniyaning poytaxti Berlinda 74-Xalqaro Berlin Film Festivali (Berlinale)da Turkiyada ishlab chiqarilgan seriallar Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilganini va tomoshabinlar esa taxminan 750 million kishiga yetganini bildirdi.

 

– Vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kinofilmlar yurtimiz targ‘ibotiga hissa qo‘shmoqda. Biz ilgari ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lganmiz, jumladan, Berlinaleda bosh mukofot bo‘lgan Oltin ayiqni ham qo‘lga kiritganmiz. Kinofilmlar Berlin, Kann, Venetsiya, Toronto va Tokio kabi dunyoning eng muhim xalqaro kinofestivallarida qatnashib kelmoqda. Biz bunga katta ahamiyat beramiz va kino ishlab chiqarishni ham xalqaro vakillikni ham oshirishga yordam berishda davom etamiz”,- dedi Batuhan Mumju.

 

Festival doirasida ochilgan Turkiya stendida sektorning xorijlik vakillariga turk filmlarini taqdim etganliklarini maʼlum qilgan Mumju: “Kino ijodkorlarimizning hamkorlikda ishlab chiqarish va boshqa hamkorlik uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqdamiz. Ushbu uchrashuvlar yangi hamkorlikda kinolar olish va yangi imkoniyatlarni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, bu yerda filmlarimizning xorijga sotilishi amalga oshirilmoqda va bu biz uchun juda muhim ahamiyatga ega”, - dedi.

 

"2025 yilda Istanbulda "Seriallar va teleko‘rsatuvlar yarmarkasi" tashkil qilamiz"

Mumju seriallar Turkiyaning dunyoda tan olinishiga katta hissa qo‘shganini taʼkidlab: “Shuning uchun biz bu qadar katta taʼsirga ega bo‘lgan serial sohamiz bilan hamkorlikda muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz dunyodagi eng muhim teleseriallar va kontent yarmarkalaridan biri bo‘lgan MIPCOM, MIPTV, ATF Singapore, Content America va Dubai TV Series and Content Fair kabi tadbirlarda mamlakat stendlarini ochishni qo‘llab-quvvatlaymiz va o‘z seriallarimizni butun dunyoga taqdim etamiz. Nasib qilsa, 2025 yilda Istanbulda teleseriallar va teleko‘rsatuvlar ko‘rgazmasini tashkil qilamiz. O‘ylaymizki, bu o‘z sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri bo‘ladi”, - dedi.

 

“Tomoshabinlar sonining o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sib, 40 milliondan oshib ketishini taxmin qilmoqmiz."

Mumju pandemiya tufayli kinoteatrlar uzoq vaqt eshiklarini yopishga majbur bo‘lganini va butun dunyoda bo‘lgani kabi Turkiyada ham tomoshabinlar sonida katta pasayish kuzatilganini taʼkidladi. – Ushbu jarayon davomida kinoteatrlar faoliyatini davom ettirishlari uchun 32 million liralik yordam berdik. Bundan tashqari, G‘aznachilik va Moliya vazirligimiz bilan hamkorlikda 10 foizlik "O‘yin-kulgi solig‘i"ni 0 foizga tushirdik va shu bilan 2023-yilda sektorga 278 million liralik yordam ko‘rsatdik", - dedi u. – Shunday qilib, biz xususiy muassasalarga chegirmali chiptalar xarid qilishiga yo‘l ochdik. Ushbu tartib 2024 yilda tomoshabinlar soniga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz. Kino sohamiz bu yilni juda yaxshi boshladi. Tomoshabinlar soni 2024 yilning fevralida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga oshgan. 2024 yilda tomoshabinlar soni 40 milliondan oshadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sishini bashorat qilmoqdamiz. Umid qilamizki, biz sanoatimiz bilan yilni ajoyib o‘tkazamiz.

 

"Kelgusi davrda Turkiyada ko‘plab yangi filmlar olinishiga mezbonlik qilamiz"

Vazir o‘rinbosari Turkiyada xorijiy filmlar suratga olish ishlariga ham to‘xtalib, Turkiyaning boy tarixi va tabiiy go‘zalliklari bilan tabiiy plato xususiyatiga ega ekanligini taʼkidladi.

– 300 ga yaqin quyoshli kunlar soni, turli suratga olish joylari, raqobatbardosh narx ustunligi, ilg‘or texnik infratuzilma, tajribali va malakali ishchi kuchi va rag‘batlantirish tizimi bilan kino ijodkorlariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu afzalliklarga qo‘shimcha ravishda mamlakatimiz raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizda film suratga oladigan xorijlik kinoijodkorlar Turkiyada sarflagan mablag‘ining 30 foizigacha miqdorini qaytarib olishlari mumkin bo‘lgan “Xorijiy film olishni qo‘llab-quvvatlash” dasturini amalga oshirdik, - dedi u. – Shuningdek, dunyo yulduzlari ishtirok etgan juda muhim filmlarning Turkiyada suratga olinganiga eʼtiborini qaratdi.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.