50 ming kishi uchun 52 million yevro tovon
Xalqaro jinoiy sud sudyalari Uganda partizan guruhi brigadalaridan birining sobiq qo‘mondoni tovon to‘lashi haqida qaror qabul qildi.

Xalqaro jinoiy sud sudyalari Uganda partizan guruhi brigadalaridan birining sobiq qo‘mondoni Dominik Ongvenning 50 mingga yaqin insonga jami 52 million yevro tovon to‘lashi haqida qaror qabul qildi.
Kompensatsiya har bir jabrlanuvchi uchun 750 yevrodan ramziy individual to‘lov va reabilitatsiya dasturlari hamda qo‘shimcha jamoaviy kompensatsiya shaklida bo‘ladi.
Dominik Ongven 2014 yilda hibsga olingan va 2021 yilda 60 ta harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan zo‘rlash, qotillik va bola o‘g‘irlashda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ongven Hozirda Norvegiyada jazo muddatini o‘tamoqda va bu tovonni to‘lash uchun mablag‘ga ega emas.







