“Ai-80” benzinini qimmat narxda sotish holatlari aniqlanmoqda
Hozirda holat bo'yicha tegishli qonuniy choralar ko'rilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 14 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “AI-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.







