Jahon

Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etiladi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish doirasida Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi (O‘zTU) tashkil etiladi.

Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etiladi

 

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida bir guruh vatandosh talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Britaniyadagi universitetlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarini birlashtirish, ularning bilim olishlari uchun qulay va faoliyatning turli sohalarida faol ishtirok etishlari uchun universal platforma yaratishga qaratilgan. Ayni paytda Britaniyaning Oksford, Kembrij, Edinburg, London Iqtisodiyot maktabi, London Imperial kolleji kabi nufuzli universitetlarda 600 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Shundan 120 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlaridir. 

 

O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy almashinuvni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, tashkilotning tashkil etilishi talabalarning o‘zaro samarali hamkorlik qilishi, tajriba va bilim almashishi, huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.

 

O‘zbekistonlik talabalar uyushmasining rasmiy ochilish marosimi joriy yilning 2- mart kuni mamlakatning Britaniyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.